Asaka tuman xalq ta'limi bölimi voqea tumandagi 49-maktabda sodir bölganini ma'lum qildi. XTB munosabatida maktabning musiqa fani öqituvçisi M.U. öz farzandini kaltaklagani aytilgan.

Kun.uz muxbiri öqituvçi M.U. bilan boğlandi va ayrim jihatlarga oydinlik kiritdi.
Voqea şu yil 13 mart kuni sodir bölgan. Maktabning musiqa fani öqituvçisi 1-sinfda öqiydigan farzandini tadbirga kirmasdan ketib qolgani va töpolon qilgani uçun jazo tariqasida urganini ma'lum qildi.
Örganiş davomida ayrim masalalar e'tiborni tortdi. Masalan, videotasvir direktorning xonasidagi kompyuterdan tuşirib olinib tarqatilgani, tuman xalq ta'limi bölimi tomonidan berilgan munosabatdagi çalkaşliklar.

XTB öz munosabatida öqituvçining ism-familiyasi, tuğilgan yili, yaşaş joyi, qaçon va neçançi sonli buyruq bilan işga olinganini oçiq yozgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ayol öqituvçi şa'niga turli haqoratlar yoğilişiga sabab böldi.
Bundan taşqari, rasmiy munosabatda «M.U. uşbu maktabning 4-«b» sinfida tahsil oladigan farzandi I.M.ni kaltaklagani, öquvçi dars vaqtida söroqsiz uyiga ketib qolgani uçun sinf rahbari Ş.Ergaşeva öquvçini suriştirib, u darsda iştirok etmaganini onasiga aytgani, şundan keyin ona aççiq qilib öz farzandini urgani», – deya tuşuntirilgan.
Aslida esa M.U. 1-sinfda öqiydigan farzandi M.M.ni jazolagan. Bundan taşqari, sinf rahbari Ş.Ergaşeva heç kimga heç qanday ma'lumot tarqatmagani oydinlaşdi.

M.U.ning ta'kidlaşiça, mazkur video atayin internetga tarqatilgan bölişi mumkin. Bunga sabab M.U. biroz muddat avval maktabdagi qinğirliklar va direktorning faoliyatidagi noqonuniy harakatlar yuzasidan viloyat xalq ta'limi boşqarmasiga murojaat qilgan. Şundan söng, video voqea sodir bölgandan 8 kun ötib, tarmoqlarga tarqatilgan.
49-maktab direktori Umidjon Mirzaxoliqov bilan ham suhbatlaşdik.











