Mazkur qonun loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Özbekistondan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça faoliyatni litsenziyalaş, litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş borasida vakolatli organ etib belgilanmoqda.
Şuningdek, xususiy bandlik agentliklariga xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarni kasb-hunarga va çet tillariga öqitiş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş hamda uşbu jarayonga hamkor xorijiy iş beruvçilarni jalb qiliş huquqini beriş nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya oliş uçun zaxira qilinişi lozim bölgan mablağlar miqdori kamaytiriş taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritiş uçun tayyorlanmoqda.













