Samsung Electronics kundalik foydalaniş uçun innovatsion yeçimlarga ega noyob qurilmalarni yaratib kelmoqda. Galaxy Z Fold 2 buklanadigan smartfon, şuningdek, noodatiy dizayn va yuqori texnologiyali kameralarga ega Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlar bunday innovatsiyalarning yorqin namunasi bölib xizmat qilmoqda.

Samsung Electronics kompaniyasi öz foydalanuvçilarini nafaqat yangi gadjetlar, balki ularni xarid qiluvçilar uçun ajoyib sovğalar hozirlab qöydi.

2021 yilning 22 martidan to 22 apreligaça, Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlardan birini yoki Galaxy Z Fold 2 smartfonini xarid qilganda, bahorgi aksiya iştirokçisi bölib, qimmatbaho sovğalar egasiga aylanişingiz mumkin.

Galaxy S21 yoki S21+ smartfonini xarid qilgan har bir xaridor sovğa sifatida Galaxy Watch smart soatini, Galaxy S21 Ultra yoki Galaxy Z Fold 2 smartfonini xarid qilganda esa – Galaxy Watch Active 2 soatini qölga kiritadi. Aksiyada faqatgina yuqorida keltirilgan modellar va aksiyaning amal qiliş muddati davomida xarid qilgan 18 yoşdan oşgan xaridorlar iştirok etişi mumkin.

Sovğalar haqida batafsil:

  • Galaxy Watch smart soati funksiyalari sizga nafaqat oddiy qölsoat qulayliklarini, balki Bluetooth yoki avtonom LTE-modeli orqali ulaniş va boşqa qulayliklarni ham beradi. Ölçami – 42 mm, suv ötkazmaslik darajasi – ATM5.
  • Galaxy Watch Active 2 – zamonaviy minimalistik dizayn, alyuminiy qotişmasidan işlangan zanglamaydigan korpusli smart soat. Ölçami – 44 mm, Bluetooth yoki avtonom LTE-modeli orqali ulaniş imkoniyatiga ega, suv ötkazmaslik darajasi – ATM5.

Salomatligingizni nazorat qilib, kundalik vazifalar haqida eslatadigan bu aqlli soatlar smartfoningiz funksiyalarini töldiruvçi juftlik bölib xizmat qiladi.