“Respublikada qora olxöri yetiştiriş va eksport hajmlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasining respublika hududlarida xorijiy davlatlar tajribasi asosida qora olxöri yetiştirişni köpaytiriş va eksportga yönaltiriş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.

Taşqi işlar vazirligi va Qişloq xöjaligi vazirligi:

  • respublikada qora olxöri payvandtagi va köçatlarni köpaytiriş maqsadida ilğor tajribalarni örganiş uçun sohaga tegişli bölgan vazirlik, idoralardan malakali mutaxassislarni AQŞ, Kanada va Çili davlatlariga yuboradi;
  • Taşqi işlar vazirligi Qişloq xöjaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan, respublikada qora olxöri yetiştiriş sohasini rivojlantiriş maqsadida mutaxassislarning xorijiy mamlakatlarga çiqişi va jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar kirişi uçun vizalar konsullik yiğimlari undirilmasdan örnatilgan tartibda rasmiylaştirilişini ta'minlaydi.

Samarqand viloyati hokimligi:

  • “Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasi taklifiga asosan ilğor xorijiy davlatlarning “in vitro” laboratoriyasi şaroitida yetiştirilayotgan qora olxöri navlarini örganib, respublika tuproq-iqlim şaroitiga mos keladigan navlarini tanlab, olib kelib köpaytiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi;
  • “SAG Agro” mas'uliyati çeklangan jamiyatining “in vitro” laboratoriyasi töla quvvat bilan işlaşi, qora olxöri köçatini köpaytirişni 2023 yilga qadar 4 mln donaga yetkazişni yölga qöyiş hamda fermer xöjaliklarini örgatiş maqsadida Samarqand viloyatida namunali qora olxöri plantatsiyasini taşkil etadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi, “Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

  • har bir hududning tuproq-iqlim va suv resurslari bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib çiqib, 2021-2022 yillarda qora olxörizorlarni barpo etişga mos keladigan hududlarni aniqlaydi;
  • eksport hajmlarini oşiriş uçun hududlarda plantatsiya usulida qora olxöri yetiştiradigan loyiha taşabbuskorlari röyxatini şakllantiradi;