Özbekiston milliy jamoasi uzoq muddatli tanaffusdan keyin yana yiğin taşkil etdi va Iroqqa qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşdi. Abramov Ganaga qarşi öyin ham foydali bölgani haqida har qança gapirmasin baribir bu yiğindagi asosiy raqib Iroq edi.

Birinçidan, Gananing asosiy jamoasi emas, B jamoasi öynadi va bu öyin asosan namanganlik muxlislar uçun bayram vazifasini ötadi. Ikkinçidan, Iroq xuddi Özbekiston kabi Osiyoda JÇ-2022 yöllanmasi uçun kuraşayotgan, Abramov jamoasi bilan teng kuçli raqib. Şu sabab futbolçilarda Ganaga qarşi öyinda sezilmagan hayajon Iroqqa qarşi bahsda közga taşlandi.

Iroq, umuman, arab jamoalari bilan öyinlarda Özbekiston yoki juda alamli tarzda yoki bitta gol ötkazib mağlub böladi. Iroqqa qarşi öyinda ikkinçi ssenariy kuzatildi. Birgina xatodan keyin iroqliklar gol urişdi va Özbekiston hisobni tenglaştira olmadi. Öyin şunçalik asabiy keçdiki, bu örtoqlik öyini emas, JÇ saralaşi deb öylaşi mumkin körganlar. Vadim Abramovning aytişiça, öyinda Iroq murabbiyiga taktik jihatdan mağlub bölgan. Abramov milliy jamoaning bor kuçi saralaş öyinlarda körinişini ham aytdi.

Öyindan keyin muxlislar Özbekiston milliy jamoasining holatiga va kuçiga şubha bildira boşladi. Çunki Iroq oldida jamoa imkonsizdek körindi. Vaholanki jamoaning aksar asosiy tarkib futbolçilari maydonda edi. Aslida örtoqlik öyinidagi natijaga e'tibor qilmaslik kerak deyiladi, lekin muxlislar Osiyoning eng yaxşilaridan bölgan Iroqqa qarşi öyinda heç narsa qila olmagan jamoa şubha bildirişga haqli...

Tribuna.uz fotomuxbiri öyinni stadiondan kuzatdi va quyida öyindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.