Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida öz singlisini katta miqdordagi pulga çuv tuşirgan firibgarga jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yilning 26 fevral kuni Jarqörğon tumani Surxon sohili mahallasida yaşovçi M.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida 2018 yil oktyabr oyida, şu tumanda yaşovçi akasi, A.B. unga yoğ mahsulotlari savdosi bilan şuğullanib, foydasidan har oyga 9 million sömdan berib turişini va'da qilib, jami 137 million söm pullarini olganini, ammo bergan va'dasini bajarmasdan uşbu pullarni özining ehtiyojlari uçun işlatib yuborganini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanişiça, 20 mart kuni öz singlisidan firibgarlik yöli bilan olgan pullarni uzoq vaqtdan buyon qaytarib bermasdan kelayotgan A.B.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.