Bölajak turmuş örtoğining uyini aldov yöli bilan bloger Sanjar Karimovga rasmiylaştirib berib, evaziga undan qarzga pul olgani aytilgan Şahzod Rismatov işida sud hukmi öqildi: sud uni juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topdi hamda 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Nizoli uy masalasi fuqarolik iş yuritiş tartibida hal etilişi belgilandi.

JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida Şahzod Rismatovga oid jinoyat işini birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, e’lon qilingan sud hukmiga köra Şahzod Rismatov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Sud hujjatida sudlanuvçi Şahzod Rismatovdan uç nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 4 mlrd 879 mln söm miqdorida zarar undirilişi ham nazarda tutilgan. Şuningdek, nizoli uy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi şartnomalarini bekor qiliş böyiça fuqarolik iş yuritiş tartibida murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgan.

JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining uşbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqli ekani bildirilgan.

Bundan taşqari, sudning alohida ajrimi bilan Şahzod Rismatovga oid jinoyat işi yuzasidan boşqa şaxslarga nisbatan jinoyat işini qözğatiş töğrisidagi masalani hal qiliş uçun tegişli materiallarni ilova qilgan holda Mirzo Uluğbek tuman prokuraturasiga xabar qilinişi belgilangan. Mazkur ajrimdan norozi tomon ön sutka muddat içida Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasiga xususiy şikoyat yoki xususiy protest keltirişi mumkinligi qöşimça qilingan.

Qoçoq “kuyov” işi

Toşkentda yaşovçi Jamila Olimboyeva yigiti Şahzod Rismatovni firibgarlikda ayblagandi. U Rismatov aldov yöli bilan uyini Sanjar Karimovga rasmiylaştirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olganini ma’lum qilgan.