«Avto-Ideal-Xizmati» MÇJ rahbarlari 2019 yil oktabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar yiliga 5 foizlik ustama haq evaziga boşlanğiç badal sifatida jami 1506 nafar yuridik va jismoniy şaxslar bilan şartnoma imzolab, mazkur şartnomalarga asosan 1506 nafar mijozdan avtomaşinaning 20-30 foiz oldindan tölovi sifatida jami 36 316 087 684 söm pulni jamiyat hisobiga tuşirişgan.
Jamiyat mansabdor şaxslari yuqorida kelib tuşgan pul mablağlari hisobidan 228 nafar mijozga 23 629 777 528 sömlik avtomaşinalarni yetkazib berib, qolgan 1283 nafar mijozga, ular tomonidan avtomaşinaning 20-30 foiz miqdorida boşlanğiç badal sifatida tölangan 30 531 487 684 söm pul mablağlari evaziga avtomaşinani yetkazib bermasdan yoki tölangan pul mablağlarini öz egalariga qaytarmasdan fuqarolarning huquqlariga juda köp miqdorda zarar yetkazgan.
Uşbu holat yuzasidan şu yil 17 mart kuni Departamentning Angren şahar bölimi tomonidan «Avto-Ideal-Xizmati» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 192-11-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, şahar prokuraturasiga dastlabki tergov harakatlarini olib boriş uçun yuborilgan.
Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga köra, jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2020 yil 31 mart kuni ayblanuvçi işni yuritişda uning iştirok etişini istisno etadigan oğir va davomli kasallikka çalingani sababli JPKning 364-moddasi 1-qismi 4-bandi bilan harakatdan töxtatilgan.
Jinoyat işi şu yil 11 may kuni qayta tiklanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandiga qayta malakalanib, dastlabki tergov harakatlarini davom ettiriş uçun Angren şahar IIB tergov bölimiga yuborilgan.
Fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaş böyiça körilgan çoralar haqida ma'lumot berilmagan.







