Mazkur XBAlari tomonidan jami 9338 nafar fuqarodan 79,1 mlrd sömga yaqin pul mablağlari firibgarlik yöli bilan özlaştirib olingan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu haqda 27 noyabr kungi matbuot anjumanida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Muhammadzokir Mamatxonov ma'lumot bergan.

«Ötgan davr mobaynida Özbekiston Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 104 ta yuridik şaxs röyxatdan ötkazilgan. Şuning 75 tasiga vazirlik tomonidan litsenziya berilgan.

Keyinçalik 75 ta litsenziyaga ega xususiy agentliklarning 53 tasining litsenziyasi bekor qilingan va şundan 11 tasiga nisbatan jinoiy iş oçilgan. Qolgan 20 tasi hozirgi kunda faoliyat olib boryapti», – dedi agentlik boşliği.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda 64 ta xususiy bandlik agentligiga litsenziya berilgan, 12 tasining litsenziyasi tugatilgan va 9 tasiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.

2020 yilning ötgan davri mobaynida esa XBAlarning 6 tasiga litsenziya berilgan va 43 tasining litsenziyasi töxtatilgan. Ularning 2 tasiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.