Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Avto oltmish oy» mas'uliyati çeklangan jamiyatining mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi birinçi qismi, ya'ni pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatini tekşiriş maqsadida jinoyat işi qözğatilgani xabar qilingandi.
Tergovda «Avto 60 oy» tomonidan 18 ming 818 nafar odamdan jami 57 milliard sömdan ortiq pul yiğib olingani ma'lum bölgandi.
Ammo buni qarangki, ayrim sodda hamyurtlarimiz peşona teri bilan işlab topgan pullarini uzoq muddatga bölib tölaş şarti bilan avtomobil oliş ilinjida navbatdagi firibgarlarga qöşqöllab topşirişgan ekan.
Tahririyatga kelgan murojaatlardani birida bayon etilişiça, faoliyatini Jizzax viloyatida taşkil qilgan «Almaz Super Avto» MÇJ rahbari X.D. nomidan 70 oyga bölib-bölib tölaş şarti bilan avtomobil yetkazib beriş mazmunida yuzlab fuqarolar bilan şartnomalar tuzib kelgan. Navbatdagi firibgarlikning öziga xos jihati şundaki, dastlab fuqarolar bilan avtotransport vositasini sotib oliş uçun navbatga turiş şartnomalari imzolangan va şartnomaning asosiy şartlaridan biri sifatida mijozlarga navbatda turiş uçun MÇJning reklama flayerini sotib oliş majburiyati yuklangan.
Qiziği, şartnomalarda uşbu MÇJ Jizzax şahrida röyxatdan ötgani körsatilgan bölsa-da, unga aldanganlar respublikaning deyarli barça hududlaridan topiladi. Jumladan, Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro Uvaysxon Avliyayevning Kun.uz tahririyatiga ma'lum qilişiça, MJÇning «Namangan filiali» uni jami 3 200 AQŞ dollari (28 981 000 söm)ga çuv tuşirgan. Ya'ni, 2019 yil 12 avgust kuni u bilan avtotransport vositasini sotib oliş uçun navbatga turiş şartnomasini tuziş va MÇJning reklama flayerini sotib oliş uçun 9 100 000 söm va keyinroq, özini «Almaz Super Avto» MÇJning boşliği E.I. sifatida taniştirgan şaxs unga, agar şartnomada belgilangan 120 kunlik navbatda turiş muddatini kutişni istamasa, avtomobilni muddatidan avval ham çiqarib berişlari mumkinligini aytib, bu xizmat uçun 2019 yilning 1 noyabr kuni «Andijondagi filial»ga qöşimça 19 881 000 söm tölov qildirgan.
Andijon viloyatida istiqomat qiluvçi fuqaro Taşbayev Ibodulla Lutbidinoviç esa özining tahririyatga murojaatida avtotransport vositasini sotib oliş uçun navbatga turiş şartnomasi doirasida reklama flayeriga 8 000 000 söm tölaganini ma'lum qilgan.




















