Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda soxta aksiyalarni 9 mln dollarga pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, unda fuqaro T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarolardan jami 9 mln AQSh dollari yig‘ib olishgan.
Fuqaro T.R. va boshqalar yanada ko‘proq pul mablag‘larini jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida, yig‘ib olingan 9 mln AQSh dollari hisobidan 800 ming AQSh dollarini fuqarolarga foiz hisobida berishgan.
Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga “Volkswagen”, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinalarini hamda Qarshi shahridan savdo do‘koni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
00:00 / 05.04.2026
Qashqadaryoda tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
09:48 / 23.03.2026