Oliy sud matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotlarga köra, sudlanuvçilar - «Amilee Bahora xususiy bandlik agentligi» MÇJ ta'sisçisi va huquqşunosi, 1970 yilda tuğilgan Jahongir Möminoviç Tohirov va agentlik ta'sisçisi hamda rahbari bölmiş, 1972 yilda tuğilgan Bahora Şamsiyevna Raupovaga nisbatan sud hukmi öqilgan.

Uşbu jinoyat işi böyiça yakuniy sud majlisi 2020 yil 5 oktabr kuni, jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi binosida, oçiq sud majlisida, raislik qiluvçi sudya Z.Ahmedova, sudya yordamçisi Z.Fayziyev va X.Rabbimov kotibligida bölib ötdi.

Mazkur jinoyat işida jabrlanuvçilar soni 300 nafardan oşiqroqni taşkil etgan.

Sud hukmiga köra, sudlanuvçi Jahongir Tohirov Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi, 189-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga JKning 57-moddasini qöllab, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy koloniyada ötaş belgilandi.

Sudlanuvçi Bahora Raupova JKning 168-moddasi 3-qismi «b,v» bandlari va 189-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va JKning 57-moddasini qöllab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy koloniyada ötaş belgilandi.

Bundan taşqari, sud hukmiga köra, sudlanuvçilarga tegişli bölgan Samarqand şahar Registon köçasidagi 9-uyning 1-qavatida joylaşgan va 1 milliard 3,17 mln sömga baholangan 116,95 m.kv ofis binosi kim oşdi savdosi orqali sotuvga qöyilib, sudlanuvçilarga aldangan fuqarolarga taqsimlab berilişi va ortib qolgan mablağ J.Tohirov va B.Raupovaga qaytarib berilişi belgilandi.

Kun.uz mazkur agentlik faoliyati ortidan kelib çiqqan noroziliklarni bir neça marta yoritgan. Jumladan, ötgan yil dekabr oyida, joriy yil yanvar oyida tahririyatga mamlakatning turli hududlaridan bölgan köplab fuqarolar murojaat qilgan edi. Ana öşa murojaatlarda köplab fuqarolar «Amilee Bahora xususiy bandlik agentligi» MÇJ faoliyatidan norozi bölgan va saytga intervyu bergandi.