2018 yilning dekabr oyidan 2019 yilning dekabr oyiga qadar bölgan vaqt oraliğida fuqaro M.O. tanişi O.Z. bilan bir guruhga birlaşib, ijaraga olingan, Samarqand şahri Beruniy köçasidagi 32A uyda “Consort xususiy bandlik agentligi” MÇJning ofisini taşkil qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular özgalarning mulkini firibgarlik yöli bilan egallaş maqsadida, xorijda işlaş istagini bildirgan fuqarolarga Yaponiya, Germaniya va boşqa xorijiy davlatlariga işga yuborişni va'da qilişib, 100 yaqin fuqarolardan jami 786.948.000 söm pullarni qölga kiritişgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIV huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan “Consort xususiy bandlik agentligi” MÇJ direktori M.O. va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida jami 95 nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan bölib, şulardan 84 nafar fuqaro söroq qilinib, jabrlanuvçi deb e'tirof etilgan bölsa, qolgan 11 nafar fuqarolarimiz respublikamizning turli viloyatlarida yaşab kelayotganligi sababli ular bilan boğliq tergov harakatlarini özlarining yaşaş hududi böyiça ötkaziş çoralari körilmoqda.
Dastlabki tergov davomida jinoyat işi böyiça fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararning 366 mln. söm qoplangan.
Jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

















