Tahririyatimizga murojaat qilib kelgan Samarqand şahrida yaşovçi Lola Vafayeva ham ana şu haqda sözlab berdi.
«Bugungi kunda firibgarlar tuzoğiga tuşiş oson. Buni bilganimiz uçun rasman röyxatdan ötgan korxonadan, ikki tomonlama şartnoma tuzib avtomaşina olişga qaror qilgandik. Dastlabki tölovni esa qölga bermay aynan bank orqali töladik. Ammo şunda ham çuv tuşib ötiribmiz. Na prokuratura, na içki işlar organlari muammomizni hal qilib beroldi. Nima qilişimiz kerak?» — deydi Lola Vafayeva.
Murojaat egasining aytişiça, u Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Çilonzor köçasida joylaşgan «Avtohamkor 0 foyiz» MÇJning Samarqand şahri Gagarin köçasida joylaşgan binolardan birida joylaşgan bölimi vakillari bilan lizing asosida «Damas» avtomaşinasi oliş uçun şartnoma imzolagan. Şu hujjatga asosan bank orqali salkam 16 million söm dastlabki tölovni amalga oşirgan. Şartnomaga köra avtomaşina 5 oy içida yetkazilişi kerak bölgan.


Belgilangan muddat ötgaç, 2020 yil oktyabr oyida korxona bölimiga borganda bu yerda heç qanday «Avtohamkor 0 foyiz» MÇJ vakillarini topolmaydi. Ular vaqtinçalik binoni ijaraga olib işlaganini aniqlaşadi. Köp ötmay, şartnomada körsatilgan Toşkent şahrida joylaşgan boş manzilida ham korxonaning heç qanday vakili yöqligi aniq böladi.
Şundan söng L.Vafayeva huquq-tartibot idoralariga bir neça marta murojaat qilgan. Jumladan, Samarqand şahar prokuraturasi fuqaroning murojaatiga ariza hududiylik böyiça körib çiqiş uçun Toşkent şahri, Çilonzor tuman prokuraturasiga yuborilganini ma'lum qiladi. Çilonzor tuman prokuraturasi esa arizani Çilonzor tuman IIO FMBga yuboradi.


Nihoyat, L.Vafayevaning Içki işlar vazirligiga qilgan murojaatiga ham şu mazmunda javob keladi: «hududiylik böyiça Çilonzor tuman IIO FMBga yuborildi».




















