Uning aytişiça, Özbekiston bergan buğdoy va paxtaning yarmi hadya bölsa, qolgan yarmini qirğiz tomoni buğdoy va paxta şaklida qaytarişi kerak. Şuningdek, Toşkent Bişkekka 10 ming tup köçat ham hadya qilgan.
«Özbekistonga bölgan xizmat safarimizda Özbekiston bizga yordam sifatida ming tonna buğdoy uruğini beradigan böldi. Ming tonna buğdoyning yarmi bepul berilayotgan bölsa, qolgan yarmini ma'lum vaqtdan keyin buğdoy şaklida qaytaramiz.
Bundan taşqari, [Özbekistondan] beş yuz tonna paxta uruği olyapmiz. Buning yarmi beğaraz yordam, yarmini esa vaqti kelganda paxta bilan qaytaramiz.
Bizga 10 ming tup köçat ham hadya qilindi. Fursatdan foydalanib özbek döstlarimizga minnatdorçilik bildiraman», degan Uluğbek Maripov.
Eslatib ötamiz, Toşkentda 25-26 mart kunlari Özbekiston va Qirğiziston örtasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişi bölib ötgan, mazkur tadbirda qatnaşiş uçun Qirğiziston boş vaziri Uluğbek Maripov Toşkentga kelgandi.
Taşrif doirasida qardoş mamlakat hukumati rahbari Toşkent şahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan tanişgan, ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi yakunida hujjatlar imzolangandi.
Avvalroq Özbekiston qaytarib beriş şarti bilan Qirğizistonga 2021 yil mart oyidan oktyabr oyigaça va 2022 yil mart-aprel oylarida 750 million kilovatt-soatgaça elektr energiyasi yetkazib berişi haqida xabar berilgandi.











