Qirğiziston boş vaziri Uluğbek Maripov 25 mart kuni Toşkentga keldi. 

Toşkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qöşni davlat hukumati rahbari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan ham uçraşadi.

ÖzA xabariga köra, taşrif dasturidan Toşkent şahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanişiş örin olgan.

Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi yakunlari böyiça hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.