Özbekiston va Qirğiziston özaro elektr energiyasi yetkazib beriş töğrisida kelişib olgan. Bu haqda Qirğiziston Energetika va sanoat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kelişuvga köra, Özbekiston Qirğizistonga 2021 yil mart oyidan oktyabr oyigaça va 2022 yil mart-aprel oylarida 750 million kilovatt-soatgaça elektr energiyasi yetkazib beradi.

Bunday çora-tadbirlar Töktogul suv omborida suv töplaş va uni 2021–2023 yillarda Özbekiston qişloq xöjaligi iste'molçilariga yetkazib beriş maqsadida amalga oşirildi.

Belgilangan yillarda Qirğiziston mos miqdordagi elektr energiyasini iyun-avgust oylarida qaytarib beradi.

  • Avvalroq, Qirğiziston Jöqorği Kengeşi yiğilişida Energetika va sanoat vaziri Kubançbek Turdubayev Töktogul suv omboridagi suv darajasi xavfli darajaga kötarilganligini ma'lum qilgan. U aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlaş uçun hukumat  içki iste'molni kamaytirib, qöşni davlatlardan elektr energiyasi import qiliş va işlab çiqarişni köpaytiriş imkoniyatlarini körib çiqayotganligini aytib ötgan.
  • 2021 yilning 13 mart kuni Bişkek şahrida Özbekiston energetika vaziri va Qirğiziston energetika va sanoat vaziri boşçiligidagi işçi guruh yiğilişi bölib ötganligi xabar qilingandi. Uçraşuv davomida tomonlar «Qambarota GES-1»  investitsiya loyihasining amalga oşirilişi hamda «Şimoliy Söx» gazni yer ostida saqlaş inşooti faoliyati doirasidagi hamkorlikni qirğiz tomoni bilan yaqindan örganiş masalalarini muhokama qilgan.
  • Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev Kun.uz’ga bergan intervyusida Qirğiziston bilan energiya almaşinuvi yölga qöyilişi haqida ma'lumot bergan, unga köra, Özbekiston ma'lum miqdordagi elektr energiyasini ortiqça bölgan paytda qöşni davlatga berib turişi, evaziga yozdagi uç oyda Qirğiziston şu elektrni qaytarib berişi aytilgandi.