6 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida hukumat soati taşkil etildi. Unda umumiy foydalanişdagi va xalqaro toifadagi avtomobil yöllarining bugungi holati va sohada qilinayotgan işlar töğrisida transport vaziri Ilhom Mahkamovning hisoboti eşitildi.
Majlisda deputat Doniyor Ğaniyev yöl qurilişi sohasida korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş, şuningdek, 1 km masofada 4 tasmali yölni quriş va rekonstruksiya qiliş qançaga tuşişi haqida savol berdi.
«Jahon bankining yöllar qurilişi böyiça axborotini öqiganimda, unda aynan loyihalarning muddati çözilişi ularni amalga oşirişdagi korrupsiyaning bir belgisi sifatida qaralişi qayd etilgan edi.
Qolaversa, Transparency International'ning korrupsiyaga oid indeksiga qarasak, yöl qurilişi eng korrupsiyalaşgan sohalardan biri sifatida qayd etilgan.
Jahon bankining taxmini böyiça, korrupsiya – rivojlanayotgan uçinçi dunyo mamlakatlarida 35 foizgaça borişi mumkin.
Bugungi kunda yöl qurilişi sohasida amalga oşirilgan va amalga oşirilayotgan loyihalarda korrupsiya darajasini neça foiz deb baholaysiz?
Yangi istiqbolli loyihalarda korrupsiya holatlari bölmasligi uçun Transport vazirligida va Avtomobil yöllar qömitasida bugungi kunda qanday içki nazorat tizimlari yaratilgan?
Özbekistonda 4 tasmali yölni quriş va rekonstruksiya qilişda 1 kmning narxi qança?» – deya söradi Doniyor Ğaniyev.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov vazirlik va qömita tizimida korrupsiyaga yöl qöymaslik borasida tizimli işlar qilinişi haqida aytib ötdi.
«Umumdunyoviy qaraganda korrupsiya belgilari bölişi mumkin, biz buni inkor qilmaymiz. Men korrupsiyani foiz darajasida aytib bera olmayman, çunki soliştirib beradigan körsatkiçlarim yöq, foiz darajasida aytib berişim qiyin böladi. Lekin hozirda tizim şunday yaratilyaptiki, komplayens nazorat belgilarini qöyib, alohida xizmat turi yaratganmiz. Bu vazirlikda ham, qömitada ham işlaydi. Loyihalar böyiça qandaydir yangi texnologiyalarni yaratganimiz yöq, buning fizik sistemasida özining nazorat tizimi mavjud. Ya'ni loyiha oldi, loyihalaştiriş, tender ğoliblari aniqlangandan keyin ularni baholaş tizimida va texnadzor şaklida har bir iş jarayonida jiddiy ahamiyat qaratmoqçimiz.
Qolaversa, komplayens nazorat tizimida korrupsiyaning oldini oliş mexanizmini yaratmoqçimiz», – dedi vazir.
Savolning ikkinçi qismiga Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev javob berdi.
«Birinçi savol juda abstrakt. Toşni otvorib, egasini topadi, degan kabi bölmasligi kerak. Qayerda korrupsiya kuzatilgan bölsa, şu joyda böldi deb konkret fakti bilan aytsak yaxşi bölardi.
Özbekiston Avtomobil yöllar qömitasi qurgan eng qimmat yöl Gulistonda bölgan. U yerdagi 3 km yölning bir kilometrini 950 ming dollardan qurganmiz. Lekin dunyoda bunaqa summada heç kim yöl qurmaydi. Internetdan izlab köring, bir km yöl qança deb, Turkiyada eng kami 2 mln dollardan boşlab çiqadi. Bizda hozir Turkiyaning bir kompaniyasi loyiha qilyapti, Toşkent halqa yölini quriş proyekti 5 mln 700 ming dollarga tuşyapti», – dedi qömita raisi Abdurahmon Abduvaliyev.










