Kutilmaganda Farg‘ona shahridagi mahallani piyoda kezgan prezident yo‘llardagi nosozliklar sabab Avtoyo‘llar qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevni koyidi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: hududlardagi ayanchli yo‘llar qachon o‘nglanadi? Yo‘lsozlikdagi muammolar ko‘tarilishi uchun biror hududga prezident borishi shartmi?

«Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas», degandi davlat rahbari dekabr oyida Xorazmga tashrifi chog‘ida.

Darhaqiqat, yuzlab YTHlar aynan yo‘llarning nosozligi oqibatida ro‘y beryapti.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 184 174 km avtomobil yo‘llari bor. Shundan 42,8 ming kilometri umumiy foydalanishdagi, 116,5 ming kilometri ichki xo‘jalik yo‘llari va 24,7 ming kilometri idoraviy yo‘llarni tashkil etadi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda g‘alati paradoks shakllandi. Avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llar yozmi-qishmi, yomg‘irmi-qormi farqi yo‘q – davlat rahbarining tashrifi arafasida ta'mirlanmoqda. Buni jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Faqatgina kortej o‘tadigan yo‘llar, martabali mehmon boradigan mahallalar, ichki ko‘chalarda yap-yangi asfaltlarni ko‘rasiz (ularning aksariyati ko‘p o‘tmay buzilib, o‘ydim-chuqur bo‘lib ketishi ham sir emas), qolgan joylar eski hammom, eski tos.

Prezidentning o‘zi ham bunday ko‘zbo‘yamachilikdan xabardor ekanini yashirmadi va Farg‘onaga tashrifi chog‘ida dasturga kiritilmagan mahallaga borishni