Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatining Özbekiston tumani tibbiyot birlaşmasi xodimlari yer va mol-mulk soliqlarini tölaşga majburlanayotgani, buning uçun xodimlarning iş haqlari töliğiça soliq uçun uşlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Farğona viloyati soliq boşqarmasi axborot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ta'kidlanişiça, jismoniy şaxslar mol-mulk va yer soliqlarini öz muddatlarida tölamagan taqdirda, har bir keçiktirilgan kun uçun belgilangan miqdorda penya hisoblanadi.
Soliq idoralari tomonidan soliq tölovçilarga yer va mol-mulk soliqlarini öz vaqtida tölaşlarini ta'minlaş maqsadida tölov xabarnomalari jönatilgan. Xususan, Özbekiston tumani tibbiyot birlaşmasi 590 nafar xodimining yer va mol-mulk soliqlaridan jami 104,5 million söm miqdoridagi qarzdorliklarini öz vaqtida tölaş yuzasidan ham xabarnomalar berilgan.
Ma'lum bölişiça, xodimlarning roziligiga asosan, 2021 yil fevral oyi iş haqidan jami 22 million söm soliq tölovlari uçun uşlab qolinib, budjetga ötkazib berilgan va xodimlarga Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tölov ma'lumotnomasi tarqatilgan.
Şuningdek, boşqarmaning Özbekiston tuman moliya bölimiga tayanib xabar berişiça, tibbiyot birlaşmasi işçi xodimlarining 2021 yil mart oyi iş haqlari bank plastik kartalariga ötkazib berilgan.








