«Termiz şahar IIB oxirgi paytda «trendda» – oğizdan tuşmay qoldi. IIV uşbu masalani öz nazoratiga olişi kerak.
Termiz şahar IIB rahbari va uning xodimlari faoliyati ustidan xizmat tekşiruvi ötkazilib, ularga huquqiy baho berilişi, orqasida kim tursa ham, kim bölişidan qat'i nazar, aybdorlar jazolanişi hamda mazkur holat yuzasidan matbuotda hisobot berilişi zarur», – deya yozdi Allamjonov Telegram-kanalida.
Keça, 9 aprel kuni senator Farhod Boqiyev bayonot berib aytgandiki, Termiz şahrida 16 yoşli qizning nomusiga tegilgan, uning ota-onasi şahar IIBga murojaat qilganiga qaramay, oradan bir yildan köproq vaqt ötgan bölsa-da, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilmagan.
Qizning yaqinlariga köra, iş bosti-bosti qilinganiga sabab – gumondorning Termiz şahar IIO FMBda işlaydigan döstlari bor.
10 aprel kuni Içki işlar vazirligi bayonot berib, Termiz şahar IIB xodimlarining xizmat mavqeyini suiiste'mol qilayotganliklari töğrisida senator bildirgan ma'lumotlarni örganiş böyiça vazirlik işçi guruhi tomonidan xizmat tekşiruvi boşlanganini ma'lum qildi.








