«Xitoyda köngilli fuqarolar orasida vaksinani klinik sinovlardan ötkazdik. Tadqiqot kuzatuvlariga köra, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining birinçi dozasini olgandan söng 30 va 60 kun ötgandan keyin tegişli ravişda 2- va 3-dozalar bilan öz vaqtida emlaniş natijasida organizmda virusga qarşi antitanaçalarning hosil bölişini aniqladik. Aytişim mumkinki, vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan fuqaroda virusni qayta yuqtiriş ehtimoli mavjud. Biroq 2- va 3-dozalari bilan emlangan fuqarolarda antitanaçalar sezilarli ravişda kötarilişi olib borilgan tadqiqotlarimizda isbotlandi», dedi mutaxassis.
Avvalroq, AOKAda ötkazilgan brifingda innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari Şahlo Turdiqulova ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini qabul qilgan insonda 95-97 foiz antitanaçalar şakllanişi tahlillarda isbotlanganini ma'lum qilgandi. Şuningdek, u ba'zi holatlarda tana harorati 37 darajaga çiqişi, allergik ta'sirlar sezilişi yoki ukol qilingan joylar qizarişi mumkinligini, biroq bundan qörqmaslik kerakligi va bu holatlar 2-3 kunda ötib ketişini aytib ötgan.
Ma'lumot uçun, 1 apreldan Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi ommaviy emlaş tadbirlari boşlangan. SSV matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, ayni kungaça Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarni taşkil etmoqda.











