AOKAda ötkazilgan brifingda Innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari Şahlo Turdiqulova Özbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi emlangan şaxsda 95-97 antitanaçalar hosil qilişini ma'lum qildi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi ham uşbu vaksinani yaratilişida xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilib keldi. Xitoyda işlab çiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqiçlari muvaffaqiyatli ötkazilgani bois uning sönggi — uçinçi klinik sinov bosqiçlari Özbekistonda ötkazildi.
Şahlo Turdiqulovaning aytişiça, olib borilgan tahlil va örganişlar vaksina — mutlaqo xavfsizligini hamda uni qabul qilgan insonda 95-97 foiz antitanaçalar şakllanişini körsatgan.
«Uşbu vaksinani şaxsan özim ham birinçilardan bölib 23 noyabrda birinçi dozani oldim. Undan keyin oila a'zolarim orqali sinovdan ötkazganmiz. Sinovda qatnaşgan 7 ming kişining heç birida heç qanday nojöya ta'siri sezilmagan.
Ba'zi holatlarda tana harorati 37 darajaga çiqişi mumkin yoki allergik ta'sirlar sezilişi mumkin, ukol qilingan joylar qizarişi mumkin, biroq bundan qörqmaslik kerak, 2-3 kunda ötib ketadi.
Koronavirusni yengib ötişning yagona yöli — vaksina qabul qiliş. Şu bois, aholini vaksinatsiya jarayonida faol iştirok etişga çaqiraman», dedi vazir örinbosari.
















