Özbekistonlik 10 nafar öquvçi 2021 yil 25 mart kuni Rossiya davlatida bölib ötgan “Detalka-2020” raqamli texnologiyalar, ta'lim robotlari va nerotexnologiyalar oltinçi xalqaro tanlovida ğolib böldi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Onlayn tarzda ötkazilgan xalqaro tanlovda 25ta davlatdan jami 437 nafar öquvçi-yoşlar iştirok etgan bölib, xalqaro tanlov 3ta yoş toifasida va 2ta yönalişda ötkazilgan.

Tanlovning “Eng yaxşi muhandislik yeçimi” nominatsiyasi böyiça Toşkent şahridan iştirok etgan Sitora Islomova (jamoa sardori), Amirbek Rözimuhammadov, Vladimir Budnikov, Lazizbek Bozorov, Jur'at Muhammadjonov birinçi örinni egalladi.

“Eng yaxşi texnologik loyiha” nominatsiyasi böyiça birinçi örinni Toşkent viloyatidan iştirok etgan Sardor Abdutohirov, Behruzbek Ismatullayev, Komronbek Umarqulov, Jasur Xudoyberdiyev, Ruslan Yusupov qölga kiritdi.