Özbekistonda bolalar sportiga e'tibor ança yillar oldin boşlangan. Erişilgan natijalar bu sohaga katta resurs va mablağ ajratilganini isbotlab turibdi. «Ammo», deydigan holatlar ham mavjudligi heç kimga sir emas. Masalan, sportçilarni xalqaro arenalariga yuboriş uçun mablağ har doim ham davlat budjetidan ajratilmaydi. Şaxsiy mablağlar ham qöşilişi hisobga olinadigan bölsa, masala jiddiy örganişni talab etadi, çunki sportçilarning ota-onalari hisobidan musobaqalarga qatnaşişini oddiy holat, deb qabul qilmaslik lozim. Yöqsa, bolaning kelajakka işonçini söndirib qöyiş mumkin. Umuman olganda, xalqaro sport musobaqalari uçun ketadigan sarf-xarajatlar kimning hisobidan amalga oşirilişi lozim?
«Sport federatsiyalariga qança mablağ ajratiş böyiça monitoring olib borilişi kerak»
Aziz Jöraboyev (Özbekiston pençak silat federatsiyasi raisi)
— Sport federatsiyalariga mablağ ajratiş 2 xil böladi: olimpiadaga kiritilgan va kiritilmagan sport turlari. Birinçisiga köproq e'tibor va moddiy yordam beriladi, çunki uning natijadorligi yuqoriroq böladi, deb baholanadi. Ikkinçi turdagi sport turlari ham asta-sekinlik bilan rivojlanyapti, hozirdan bularga ham yetarliça ahamiyat berilsa, ilğor yutuqlarga erişiş mumkin. Ötgan yili sport federatsiyamizga atigi 5 million söm ajratilgan. Bu pul bilan qaysi davlatga borib kelsa böladi? Bu yilda esa Osiyo öyinlarida yaxşi natija körsatganimiz uçun vazirlik tomonidan 25 million söm ötkazildi. Uning 10 millioni Özbekistondagi musobaqaga, qolgani çet elga boriş uçun. Berilgan summa xorijga çiqiş uyoqda tursin, Özbekistonda ikkita musobaqa ötkazişimga yetmaydi. Har yili an'anaviy tarzda 3ta musobaqa ötkazişim kerak. Bittasiga 15-20 mln söm sarflayman. Hattoki içki xarajatlarni qoplaş imkoni yöq.
Qonunçilikda olimpiada sport turlariga köproq e'tibor berilişi kerak, boşqalariga kamroq, degan band mavjud emas. Demak, vazirlik tomonidan qaysi sport turiga qança mablağ, qaysi mezonlarga köra ajratilayotgani ma'lum qilinişi kerak.
Taklifim şundan iboratki, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yil boşida sport federatsiyalariga oldindan belgilangan tartibda mablağ tuşirib berişi kerak. Undan keyin yil söngida berilgan summa qanaqa maqsadlarga sarflangani böyiça federatsiyalardan hisobot olinişi lozim. Hozir vaziyat qanaqa? Vazirlikka murojaat qilişimiz kerak pul ötkaziş masalasida. Sörovimiz qondirilişi yoki aksinça bölişi mumkin. Vazirlik tarkibida bitta monitoring guruhi taşkil qilinsa, har bitta sport federatsiyalari faoliyati böyiça monitoring olib borilsa, statistik tahlillar ötkazilsa, öylaymanki, sportdagi haqiqiy vaziyat şundayligiça yuzaga çiqqan bölardi. Yana bir fikrni aytmoqçiman: sport federatsiyalarini sayyohlarni jalb qiluvçi vositaga ham aylantiriş mumkin. Heç qaysi soha mamlakatni sportçalik tez tanita olmaydi. Şuning uçun federatsiyalar turistik oqimni köpaytirişda platforma vazifasini ham bajara oliş imkoni bor.













