Musobaqa Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuçlariga qaraşli 22 armiya korpusi Terrorizmga qarşi kuraşiş milliy öquv markazi bazasida ötkazilgan.

Foto: Özbekiston Mudofaa vazirligi

Unda 9 ta davlatdan Marokaş, Iordaniya, Keniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Şri-Lanka, Nepal va Özbekiston Respublikasi, şuningdek, Pokiston Islom Respublikasidan 8 ta razvedka guruhlari, jami 16 ta razvedka jamoalari özaro bellaşişdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Foto: Özbekiston Mudofaa vazirligi

Musobaqa şartlariga köra, jamoalar 80 km gaça bölgan marşrutning 6 ta nazorat nuqtasida azimut böyiça harakatlanib, nazorat nuqtalarida taktik-maxsus, otiş, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirğin qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus maşqlarni, şuningdek, kutilmagan testlarni yeçiş maşqini bajardi.

Foto: Özbekiston Mudofaa vazirligi
Foto: Özbekiston Mudofaa vazirligi

Musobaqa yakunlari böyiça:

1-örin – Özbekiston Respublikasi jamoasi (2 850 ball);

2-örin – Marokaş jamoasi (1 860 ball);

3-örin – Şri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball) jamoalariga nasib qildi. Şri-Lanka va Saudiya Arabistoni jamoalarida jarima ballari mavjudligi sababli 3-öringa tuşirilgan. 

Foto: Özbekiston Mudofaa vazirligi