«Termiz şahrida 16 yoşli voyaga yetmagan qizning nomusiga tegilganligi holati yuzasidan Termiz şahar böyiça IIO FMB huzuridagi TB tomonidan qöşimça tekşiruv harakatlari ötkazildi.
Natijasiga köra, mavjud qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş va haqiqatni aniqlaş maqsadida 2021 yil 11 aprel kuni holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Şaxsning 18 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda nomusga tegiş) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi xabarda.
Hozirda Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik qömitasi a'zosi Farhod Boqiyev termizlik erkak maktab öquvçisini ikki marta zörlagani hamda huquqni muhofaza qiliş idoralari bu işni «tinçitib» yuborganini ma'lum qilgandi.
Keyinroq IIV Tergov departamenti mazkur holatga munosabat bildirib, IIB faoliyati böyiça xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma'lum qilgandi.
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekistonda gender tengligini ta'minlaş komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva bu hodisa böyiça munosabat bildirib, jinoyatçining mansabi, vakolati va aloqalari heç qanday holatda sud organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bölişiga ta'sir körsatmasligi lozimligini ta'kidlagandi.







