Sport | 18:40 / 12.04.2021
8201
1 daqiqa o‘qiladi

Holifild Taysonni mag‘lub etgan bokschiga qarshi ringga chiqadi

Bu Holifildning 2011 yildan buyon o‘tkazilgan birinchi jangi bo‘ladi.

Foto: boxingscene.com

O‘ta og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Evander Holifild Kevin Makbraydga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Boxing Scene xabar berdi.

58 yoshli Holifild 5 iyun kuni 47 yoshli raqibiga qarshi ringga chiqadi. Jang ikki daqiqadan sakkiz raund bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Bu Holifildning 2011 yildan buyon o‘tkazilgan birinchi jangi bo‘ladi. Uning raqibi Makbrayd ham faoliyatini 2011 yilda yakunlagan. U 2005 yilda Mayk Tayson ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng tanilgan.

Holifild o‘tgan yil dekabrda Mayk Taysonni jangga chorlagandi. Bokschilar ilgari ikki marta to‘qnash kelishgan, har ikki jangda Holifild g‘alaba qozongan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid