Özbekiston kiberfiribgarlar uçun «qaynoq bozor»lardan biriga aylanib qoldi. Oxirgi paytlarda mömay daromad vaʼda qilib, ön minglab insonlarni milliardlarga çuv tuşirgan moliyaviy piramidalar haqida tez-tez eşitadigan bölib qoldik. Şunga qaramay, bunday körinişdagi firibgarlikning bozori kasod böliş örniga «gullab-yaşnayapti». Xöş, moliyaviy piramida nima, u qanday işlaydi? Nega özbekistonliklar firibgarlarning tuzoğiga osongina tuşyapti? Aldanib qolmaslik uçun nimalarga eʼtibor beriş kerak? Jinoyatçilar asosan qanday sxemalarni qöllayapti?   

Moliyaviy piramida nima?

Moliyaviy piramidalarning işlaş mexanizmi tizimga muntazam ravişda yangi odamlarni va ularning sarmoyalarini jalb etişga asoslanadi. Bu jarayonda tarmoqqa avval qöşilganlarning foydasi faqatgina keyingi qöşilganlarning pullari hisobidan qoplab boriladi. Köpinça bunday loyihalar öz aʼzolaridan maʼlum bir miqdorda badal tölaşni hamda kamida ikki yoki undan köp odamni tarmoqqa olib kirişni talab qiladi. Uşbu şartlar bajarilgan taqdirda, kiritilgan mablağni juda katta uluş bilan qaytarib beriş kafolatlanadi.

Köp hollarda piramidalar qonuniy tijorat korxonasi niqobi ostida röyxatdan ötadi va qandaydir soxta loyihalarni amalga oşiriş maqsadida «investitsiya» yiğayotganini iddao qiladi. Ular mijozlarga uzoq muddatli va haddan taşqari yuqori daromadni vaʼda qilişadi, garçi bu iqtisodiy jihatdan mutlaqo imkonsiz bölsa ham. Aslini olganda, bunday tuzilmalar heç qanday real mahsulot yoki qiymat yaratmaydi, ularning faoliyati faqat yangi aʼzolarning tölovlariga boğliq. Aynan şu jihati bilan piramidalar haqiqiy biznesdan keskin ajralib turadi. Heç qanday işlab çiqarişning yöqligi va bajarib bölmas vaʼdalar sababli har qanday moliyaviy piramida oxir-oqibat qulaydi. Piramida asosçilari avvaliga odamlarning işonçiga kiriş maqsadida dastlabki aʼzolarga vaʼda qilingan foydani tölab berişadi. Tölovlar haqidagi xabarlar esa qarindoş-uruğ va taniş-bilişlar orasida tez tarqalib, taşkilotçilarning «biznesi» yanada gullaşiga xizmat qiladi.

Özbekiston tarixida kuzatilgan eng yirik va şov-şuvli moliyaviy firibgarlik tarmoği, şubhasiz, çinozlik Ahmadjon Tursunboyev hamda uning şeriklari tomonidan yaratilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida «Ahmadboy işi» doirasida 11 ming 700 kişi jabr körgani va ularga yetkazilgan umumiy moddiy talafot 418 milliard 293 million sömni taşkil etgani maʼlum böladi. Bu öşa paytdagi rasmiy kurs böyiça 142 mln dollardan ortiqni, qorabozordagi kurs böyiça esa qariyb 70 mln dollarni taşkil etgan.

U odamlardan naqd pul, avtomobil va çorva mollarini yillik 100 foizlik, baʼzan undan ham yuqori kafolatlangan daromad vaʼdasi bilan yiğib oladi. «Ahmadboy» modelida şaffoflikdan asar ham bölmagan: odamlar oddiy tilxat yoki daftar yozuvi asosida butun boyliklarini topşirib ketavergan. Uşbu sxema jamiyatda işonç fenomenining qançalik kör-körona işlaşini amalda isbotlab ham berdi.