Pensiya jamğarmasida jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organlari örtasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça apellyatsiya kengaşi taşkil etildi. Bu haqda jamğarma vakili Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, tuzilma faoliyati prezidentning 2020 yildagi «Nizolarni muqobil hal etişning mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq yölga qöyilgan.
Manbaga köra, kengaşning asosiy vazifalari etib:
- jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organlari örtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgaça körib çiqiş va xulosa qabul qiliş orqali ularni hal etiş çoralarini köriş;
- murojaatni körib çiqişda qonun hujjatida turliça talqin etilişi mumkin bölgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notöğri yoki ziddiyatli tarzda qöllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy şarhlaşni taşkillaştiriş böyiça çoralarni köriş;
- murojaatni körib çiqişda aniqlangan qonun hujjatlaridagi böşliqlarni bartaraf etiş böyiça takliflar kiritiş belgilandi.
Şuningdek, tuzilma murojaatlarni körib çiqişda quyidagi huquqlarga ega böladi:
- murojaat etuvçilar, şuningdek, boşqa manfaatdor şaxslardan murojaatni körib çiqiş uçun zarur bölgan qöşimça materiallar va ma'lumotlarni sörab oliş;
- davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlaridan Apellyatsiya kengaşi vakolatlariga taalluqli masalalar böyiça ma'lumotnomalar, axborot-tahliliy materiallarni belgilangan tartibda söraş va bepul oliş;
- qöşimça ekspertiza tayinlaş, uni ötkaziş uçun mustaqil ekspert va maslahatçilarni jalb etiş;
- murakkab masalalarni öz içiga olgan murojaatlarni körib çiqiş uçun Apellyatsiya kengaşi a'zolaridan işçi va ekspert guruhlari taşkil etiş;
- zarurat bölganda, murojaatlarni körib çiqişda qatnaşiş uçun davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, nodavlat notijorat taşkilotlaridan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qiliş.
Jamğarma vakiliga köra, apellyatsiya kengaşi ayni paytda öz iş faoliyatini boşlagan.





