Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga bir sutkada AQShning ikkita harbiy-transport samolyoti keldi
Bundan tashqari, Kiyevga Polshaning Poznan shahridan Britaniyaning Bae 146-200 transport samolyoti kelib qo‘ngani qayd etilgan.
Kiyevga oxirgi sutkada AQShning ikkita C-130J Hercules harbiy-transport samolyoti keldi, deb xabar bermoqda Interfaks.
Xabarda aytilishicha, samolyotlar Germaniyadagi AQSh harbiy bazasi joylashgan Shtutgart shahri va Latviya poytaxti Rigadan uchib kelgan.
Qayd etilishicha, 2–6 aprel kunlari Ukrainaga AQSh harbiy-havo kuchlarining kamida uchta harbiy-transport samolyoti kelgan.
Bundan tashqari, Kiyevga Polshaning Poznan shahridan Britaniyaning Bae 146–200 transport samolyoti kelib qo‘ngani qayd etilgan.
2 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.
Mavzuga oid
09:23
Yaqin Sharqda keskinlik kuchaymoqda: AQSh va Eron o‘rtasida yangi hujumlar
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026