Ma'lum qilinishicha, Navoiyda viloyat prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida mehnat xavfsizligi bo‘yicha korxona tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘tgan yil va joriy yilning 3 oyi mobaynida mehnat jarayonida sodir bo‘lgan

Qayd etilishicha, 2020 yilda viloyat bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq 92 ta holatda 94 nafar ishchi-xodim jabrlanib, 11 nafari vafot etgan. Ulardan 82 nafari hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan va 1 nafari yengil jarohatlangan.
Joriy yilning 3 oyida esa 30 ta holatda 32 nafar ishchi xodim jabrlangan. Ularning 5 nafari vafot etgan va 27 nafari og‘ir tan jarohati olgan.

Ro‘y bergan baxsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda:
- 6 ta holatda shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmagan;
- 10 ta holatda xodimlarning shaxsiy himoya vositasidan foydalanishi ustidan nazorat qilinmagan;
- 8 ta holatda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan mehnatga jalb qilingan;
- 46 ta holatda xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilmagan;
- 67 ta holatda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘z vaqtida o‘tkazilmagan;
- 14 ta holatda qurilish me'yori qoidalariga rioya etilmagan;
- 7 ta holatda sanoat xavfsizligi qoidalari buzilgan;
- 50 ta hodisa boshqa sabablar bilan ro‘y bergan.

Ta'kidlanishicha, jami 208 ta holatda mehnatni muhofaza qilish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan.
Ta'kidlanishicha, tadbir davomida korxona rahbarlariga ogohlantirishlar berilgan.











