Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15 iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim taşkilotlari hamda ta’lim yönalişlari kesimida davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi.
Unga köra, jami 776 ta davlat stipendiyasi quyidagiça taqsimlanadi:
- Prezident stipendiyasi - 187 ta;
- Islom Karimov stipendiyasi - 194 ta;
- Navoiy stipendiyasi - 175 ta;
- Bobur stipendiyasi - 51 ta;
- Imom al-Buxoriy stipendiyasi - 44 ta;
- Beruniy stipendiyasi - 38 ta;
- Ibn Sino stipendiyasi - 33 ta;
- Abdulla Avloniy stipendiyasi - 16 ta;
- Uluğbek stipendiyasi - 13 ta;
- Tölepbergen Qaipbergenov stipendiyasi - 11 ta;
- Ibroyim Yusupov stipendiyasi - 11 ta;
- Pahlavon Mahmud stipendiyasi - 3 ta.
Mazkur davlat stipendiyalari respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 335 ming 471 nafar yuqori kurs talabalari orasidan eng munosib va yuqori natijalarga erişgan talabalarga tayinlanadi.
Davlat stipendiyalari talabalarning öqişdagi yuqori özlaştirişi, ilmiy va ijodiy faolligi hamda jamoat işlaridagi iştiroki kabi mezonlar asosida tanlov yöli bilan beriladi.

















