Yevropa kengaşi boş kotibi Alen Berse 19 iyul kuni futbol böyiça 2026 yilgi jahon çempionati finali oldidan e’lon qilingan oçiq maktubida FIFA faoliyatiga nisbatan bir qator e’tirozlarni bildirdi.
Uning ta’kidlaşiça, çempionat yakunlangan bölsa-da, futbol boşqaruviga oid jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.
«Bayram bugun keçqurun yakunlanadi. Ammo savollar qoladi. Navbatdagi inqiroz allaqaçon boşlangan. Uning ikki nomi bor - pul va hokimiyat», - dedi Berse.
FIFAga bir neçta yönaliş böyiça e’tirozlar bildirildi
Alen Berse FIFAni siyosiy ta’sirlarga moyillik, irqiy mojarolar bilan boğliq bahslar hamda ADI Predicstreet bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilgani uçun tanqid qildi. Uning fikriça, bunday hamkorlik sportda firibgarlik xavfini kuçaytirişi mumkin.
Yevropa kengaşi va FIFA örtasida 2018 yilda özaro anglaşuv memorandumi imzolangan bölib, unga muvofiq federatsiya inson huquqlarini himoya qiliş, şaffof boşqaruv va yaxşi korporativ boşqaruv tamoyillariga amal qiliş majburiyatini olgan.
Bersening fikriça, Şimoliy Amerikada bölib ötgan 2026 yilgi jahon çempionati davomida yuzaga kelgan voqealar mazkur kelişuvni qayta körib çiqiş zarurligini körsatdi. Şu munosabat bilan u 2030 yilgi mundialgaça yangi ramkaviy kelişuv böyiça muzokaralar boşlaşni taklif qildi.
Jahon çempionati davomida FIFA tanqidlar markazida böldi
2026 yilgi jahon çempionati davomida FIFA va uning prezidenti Janni Infantino bir neça bor tanqidlarga uçradi.
Eng katta bahslarga sabab bölgan holatlardan biri AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Baloganga nisbatan qöllangan diskvalifikatsiyaning bekor qilinişi böldi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga köra, bu masala böyiça AQŞ prezidenti Donald Tramp Infantinoga şaxsan qönğiroq qilgan.
Şuningdek, mutaxassislar va muxlislar FIFAni musobaqada sport jihatidan köra şou va tijoratga köproq urğu berilgani uçun ham tanqid qildi. Xususan, reklama tanaffuslari, turli tantanali marosimlar va köngiloçar dasturlar soni ortgani qayd etildi. Final uçraşuvining tanaffusida esa AQŞdagi Super Bowl an’anasiga öxşaş katta konsert-şou taşkil etildi.












