DXX idoralari tomonidan qalbaki xorijiy valutalarni mamlakatimizga olib kiriş va muomalaga çiqarişga qarşi tezkor tadbirlar ötkazildi.
Andijon şahrining Yangibozor hududida joylaşgan savdo majmuasiga 4 nafar fuqaro kelib, narxi 1100 AQŞ dollari bölgan «Iphone 12» rusumli uyali aloqa telefonining 9 donasini 9900 AQŞ dollariga sotib olmoqçi bölişadi va sotuvçiga kelişilgan pul mablağini berişadi. Biroq, sotuvçi ular bergan xorijiy valuta soxta ekanligini bilib, pullarini qaytarib beradi.
Qalbaki dollarni ötkaziş böyiça xiylalari iş bermagan törtovlon endi pullarni arzonroq narxda haqiqiy valutaga almaştiriş uçun Toşkent şahri tomon yölga çiqişadi.
DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Yöl harakati xavfsizligi xodimlarini jalb etgan holda ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxslar kelayotgan avtomaşina Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida töxtatildi. Tekşiruv davomida ulardan qalbaki 10100 AQŞ dollari protsessual tarzda rasmiylaştirib olindi.
Avvalroq Andijon şahar xalq ta'limi bölimi boşliği pora bilan uşlangan edi.











