2021 yilning 1 aprel holatiga Özbekistonning doimiy aholisi soni 34,7 million kişini taşkil etmoqda, deb ma'lum qildi Davlat statistika qömitasi.

Doimiy aholi soni yil boşidan beri 136,7 ming kişiga oşgan. Bu – Özbekiston aholisi har oyda örtaça 45,9 ming kişiga köpayayotganini anglatadi.

2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni örtaça 1,5 ming kişiga oşgan.

1 aprel holatiga, doimiy aholining 17,2 million nafari – ayollar, 17,4 million nafari – erkaklar.

Ma'lumot uçun, 2020 yilda Özbekiston aholisi 653,7 ming kişiga köpayib, yil söngida 34,5 million kişini taşkil etgandi. Ötgan yili aholi soni har oyda örtaça 54,5 ming kişiga oşgan.