Quriliş vaziri Botir Zokirov öz oila a'zolari uluşlari bölgan «12-Trest» taşkiloti mavzusi kun tartibiga çiqqaniga öz izohini berib ötdi.

«Nima uçun bugun bu masalalar gapirilyapti? Nega u paydo böldi? Ötirib tahlil qiladigan bölsak, şaffof oyna tizimi — tender yuzaga çiqadi va u köpçilikka yoqmayapti.

Lekin yoqmayapti ekan deb uni bekor qilolmaymiz. Albatta, bu işni oxiriga yetkazişimiz kerak. Tenderlarda şaffoflikni ta'minlaşimiz şart.

Şu kungaça tenderlarni aylanib ötgan odamlar bor. Korrupsiya yölini öziga belgilagan taşkilotlar bor. Ularga tender va şaffof kelişuvlar, albatta, yoqmaydi. Bu narsalarni ötirib tahlil qilyapmiz, qayerda nima bölyapti, nega bu «şamol esayotgani»ni ham bilaman», dedi vazir.

Vazir tahlil natijalaridan kelib çiqib, korrupsiya omillarini sanab ötdi. U noqonuniy qurilmalarni oddiy odamlar qilmasligi, har bir noqonuniy obekt ortida ma'lum kuç borligi va ularga qarşi kuraş ketayotganini ta'kidlab ötdi.

«Sönggi paytlarda quriliş nazorati yaxşi işlayapti. Ötuvçi obektlarni tekşirib çiqdik. Ularning sifati pastligi, öz muddatida bajarilmayotgani, bunday taşkilotlarning qanaqa qilib yutib çiqqanini ham, töğrisini aytsam, özim ham tuşunganim yöq. Bu — töğridan töğri korrupsiya. Albatta, u odamlarga bu şaffof tizim, masalaga heç kim aralaşa olmasligi yoqmaydi. Mana şu töğrisida gapirişimiz kerak. Familiyasini aytişimga hojat yöqdir, kördim, oxirgi obektlarda...

Eşitgan bölsangiz, prezidentimiz, tizimdagi korrupsiya böyiça Andijonda gapirdilar, korrupsiyaga qarşi juda qattiq jang qilamiz, dedilar.

Noqonuniy qurilişlar böyiça ham jang ketyapti. Özimga murojaat qilayotganlar ham bor. Oxirgi ikki oyda kimlar noqonuniy qurilişlar qilayotgani töğrisida ikki kişi murojaat qildi. Quriliş vazirligining işi – bu masalalarga reaksiya bildiriş. Albatta, ularga yoqmaydi. Bugun «löp» etib bu («12-Trest» — tah.) masalaning çiqişida, tahlilimga köra, uçta masala bor.

Birinçisi, şaffof oyna tizimining işga tuşganligi. Şuning uçun savol paydo böldi: nega «12-Trest», degan. Bu taşkilotning 51 foiz uluşi davlatniki. Unga ta'sir ötkazolmayman, menga «issiği» yöq.

Ikkinçisi, ayrim quriliş işlarida sifat nihoyatda past, borsangiz rahbarini körsatib bera olişmaydi. 19 milliard sömlik obektni yutgan-u, lekin rahbari yöq! Ahvolni körsangiz, şarmanda. Hammasining orqasida odami bor. Prezident şu töğrida gapirmoqda, bu — korrupsiya. Bu bilan kuraşişimiz kerak. Ular menga ham qarşi kuraşadi, quriliş vazirligiga ham qarşi kuraşadi. Çunki ular öz manfaatini himoya qilmoqda.