Prezident qarori bilan, general-mayor Bahodir Mirzarahimov içki işlar vazirining örinbosari – Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzarahimov içki işlar vazirining jazolarni ijro etişni ta'minlaş va harbiy tuzilmalar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezidentning joriy yil mart oyi oxirida qabul qilingan farmoniga köra, Içki işlar vazirligi tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi, Xavfsiz turizmni ta'minlaşni muvofiqlaştiriş boşqarmasini öz içiga oladigan Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş departamenti taşkil etildi. 

Bundan oldin, general-mayor Azizbek Ikromov içki işlar vazirining örinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy işlar va kadrlar bilan ta'minlaş departamenti boşliği lavozimiga, polkovnik Bekmurod Abdullayev içki işlar vazirining örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.