Prezident qarori bilan, general-mayor Azizbek Ikromov içki işlar vazirining örinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy işlar va kadrlar bilan ta'minlaş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Ikromov içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Azizbek Ikromov 2017 yildan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil noyabrida esa içki işlar vaziri örinbosariga aylangan. Şundan söng, u bir muddat Içki işlar vazirligida öz lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari vazifasini ham bajardi.
Joriy yil mart oyi oxirida “Jamoat xavfsizligini ta'minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida içki işlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan Içki işlar vazirligi tuzilmasida Kadrlar boş boşqarmasi, Ma'naviy-ma'rifiy işlar boşqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boşqarmasini öz içiga oladigan Ma'naviy-ma'rifiy işlar va kadrlar bilan ta'minlaş departamenti taşkil etildi.

















