Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, aholisi eng köp davlat - Hindiston. Mamlakat aholisi 1,47 mlrd kişidan oşgan. Ikkinçi örindagi Xitoyda esa qariyb 1,41 mlrd kişi yaşaydi.

Uşbu ikki mamlakatning özida jami qariyb 2,89 mlrd kişi, ya’ni dunyo aholisining uçdan bir qismi istiqomat qiladi. Ayni paytda Hindiston aholisi ösişda davom etayotgan bölsa, Xitoy aholisi qisqarib bormoqda. BMT prognozlarida ham Xitoy aholisining uzoq muddatli kamayişi kutilmoqda.

Reytingning uçinçi poğonasini AQŞ egallagan - 349 mln kişi. Keyingi örinlarda Indoneziya - 287,9 mln va Pokiston - 259,3 mln kişi bilan qayd etilgan.

Keyingi beşlik quyidagiça: Nigeriya - 242,4 mln, Braziliya - 213,6 mln, Bangladeş - 177,8 mln, Rossiya - qariyb 146 mln va Efiopiya - 138,9 mln kişi.

Şu tariqa, top-10 quyidagiça:

Hindiston - 1,47 mlrddan ortiq;
Xitoy - 1,41 mlrd;
AQŞ - 349 mln;
Indoneziya - 287,9 mln;
Pokiston - 259,3 mln;
Nigeriya - 242,4 mln;
Braziliya - 213,6 mln;
Bangladeş - 177,8 mln;
Rossiya - qariyb 146 mln;
Efiopiya - 138,9 mln.

BMTning demografik prognozlari ham uşbu davlatlarning aksariyati dunyoning eng yirik aholi markazlari ekanini körsatadi. Kelgusi ön yilliklarda esa Afrika davlatlari, xususan Nigeriya va Efiopiyaning reytingdagi örni yuqorilaşi kutilmoqda.