Bu haqda Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fyodorov ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Rossiya dronlarining zarbalari oqibatida şaharda turar joy binolari hamda noturar ob’yektlar şikastlangan.

Zarbalardan keyin ob’yektlardan birida yonğin çiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, olti kişi turli darajada jarohat olgan.

Fyodorov vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bölişi mumkinligini bildirgan. Hodisa joyida qutqaruv va favqulodda xizmatlar iş olib bormoqda.

Şuningdek, tun davomida Zaporijjyaga boşqariladigan aviatsiya bombalaridan zarba beriş xavfi haqida ham ogohlantiriş e’lon qilingan. Ayrim Ukraina naşrlari şaharga hujumda dronlar bilan bir qatorda boşqariladigan aviabombalar qöllangani haqida xabar bermoqda.

Hujum oqibatlari va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiş işlari davom etmoqda.