Ötgan oyda Toşkent viloyati Zangiota tumanida «Spark» avtomobili töxtatilib, haydovçining yonidan çiqqan otvyortka sovuq qurol deb topilgan, YPX xodimi tomonidan dalolatnoma tuzilgandi. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, ayniqsa haydovçilar örtasida bahs-munozaralarga sabab bölib, IIB xodimlarining bu harakatlari qoralangan edi.
Şundan söng Toşkent viloyati IIBB holat yuzasidan suriştiruv boşlanganini ma'lum qilgandi.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov 23 aprel kuni Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotga köra, haydovçidan olib qöyilgan otvyortka egasiga qaytarib berilgan.
Avtomobilda bölişi lozim bölgan muhim iş (texnik sozlaş) qurollaridan biri bölgan otvyortkani sovuq qurol deb baholab, dalolatnoma tuzgan va uni haydovçidan olib qöygan profilaktika inspektori A.Almanov içki işlar organi xodimlari kasb etikasiga qat'iy rioya qiliş lozimligi haqida ogohlantirilgan.
Eslatib ötamiz, Şohrux Ğiyosov 9 aprel kuni Kun.uz'ga bergan intervyusida «otvyortka» sovuq qurol deb baholanganini ma'qullamasligini bildirgan, ammo masalaga xizmat tekşiruvi natijasidagina baho berilişini aytgandi.












