Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumani Tokzor mahallasi hududida harakatlangan Spark avtomobili to‘xtatilib, haydovchining yonidan otvyortka chiqqani uchun YPX xodimi tomonidan mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilgani haqida xabarlar tarqaldi.

IIV YHXBB holatga izoh bildirib, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB tomonidan surishtiruv olib borilayotganini ma'lum qildi.

Rasmiylashtirilgan dalolatnoma suratidan xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazgan Zangiota tumani XPB TP profilaktika inspektori Abduhamid Almanov «avtomashinada tintuv o‘tkazilganda o‘tkir tig‘li, qora sopli otverka topildi» deya yozuv kiritganini bilib olish mumkin.

Ushbu voqea yuzasidan IIV YHXBB tomonidan berilgan ma'lumotda 2021 yilning 23 mart kuni soat 23:00larda, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, «Tokzor» MFY hududida joylashgan blokpostda xizmat olib borgan YPX xodimi J.Iskandarov tomonidan «Spark» rusumli avtomobil to‘xtatilgani, xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida XPB TP profilaktika inspektori A.Almanov tomonidan avtomobilda mavjud bo‘lgan otvyortka o‘tkir tig‘li vosita deya e'tirof etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgani hamda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani bildirildi.

Ushbu vaziyatda ichki ishlar xodimi tomonidan tintuv o‘tkazilishiga turtki bo‘lgan holatlar bizga qorong‘i. Ammo anig‘i shuki, u haydovchini avtomobilidan oddiy «otvyortka» chiqqani vaji bilan ma'muriy javobgarlikka tortish maqsadida dalolatnoma tuzgan.

Ma'lumki, bir necha oy oldin «Qurol to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar kiritilib:

  • fuqaroviy qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish;
  • qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida, shu jumladan, shahar transportida, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish;