O‘zbekiston qahramoni, senator Hasan Normurodov vafot etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Fidoyi nuroniy, uzoq yillar xalq ta'limi tizimida ishlagan, keyinchalik «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Qahramoni Hasan Norbekovich Normurodov 82 yoshida vafot etdi.
Bu ma'lumotni Kun.uz muxbiriga Samarqand shahar hokimligidagi manba tasdiqladi.
H.Normurodov Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi o‘rtasida katta hurmat qozongan edi. 2019 yilda Prezident farmoniga ko‘ra u «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga qilgan safari yakunida 16 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan fidoyi mehnat faxriysi O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a'zosi Hasan Normurodovning holidan xabar olgan, mustahkam sog‘lik va bardamlik tilagan edi.
«Kun.uz» tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
O‘zbekiston | 09:30
-
Berbok Putindan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 09:25
-
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi
O‘zbekiston | 08:56
-
Zelenskiy Mers Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazilishiga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda
Jahon | 08:50