Degelmintizatsiya — aholini gelmintlar (parazit çuvalçanglar) va invazion materiallardan (tuxumlar, qurtlardan) soğlomlantiriş böyiça amalga oşiriladigan davolaş-profilaktika çoralari majmuasidir.
Degelmintizatsiya haftaligi doirasida 2 yoşda 10 yoşgaça bölgan bolalarga «Mebendazol» yumşoq tabletkalari tarqatildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) xabariga köra, yer yuzi aholisining 1/4 qismi gelmintozga çalingan. U parazitar kasallik bölib, bolalarda parazitlik qiluvçi çuvalçanglar keltirib çiqaradi. Parazitlik qiluvçi qurtlar liçinkalari tuxum qöyadi va organizmdagi ozuqa mahsulotlari yordamida kun köradi. Yer yuzida jami 250 turdan ortiq gelmintlar mavjud bölib, ulardan 9tasi inson organizmida uçraydi. Hozirda Özbekistonda parazitlarning çuvalçangsimonlari köp tarqalgan.
Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va jamoat salomatligi xizmati immunoprofilaktika bölimi mudiri Ğayrat Qurbonov xabariga köra, viloyatdagi 3 mingdan ortiq bolalar laboratoriya usulida tekşirilganda, ularning 357 nafarida gijja kasalligi borligi aniqlangan. Bu 2 yoşdan 10 yoşgaça bölgan bolalarning 12-14 foizida mana şu kasallik tarqalganini anglatadi.
Viloyatda 2 yoşdan 10 yoşgaça bölgan bolalar soni jami 332 329 nafar bölib, Sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va jamoat salomatligi xizmati tomonidan ularni mebendazol tabletkalari bilan ta'minlaş közda tutilgan. Buning uçun barça tumanlar tibbiyot uçastkalari va oilaviy poliklinikalarga dori vositasi tarqatilgan.
Degelmintizatsiya jarayonining 2-bosqiçi kuzda davom ettiriladi va 11 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalarni qamrab oladi.









