O‘zbekiston | 10:02 / 03.10.2023
10950
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2-10 yoshli bolalar o‘rtasida degelmintizatsiyaning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi

Har yili 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolash samaradorligini baholash uchun davolashdan oldin va keyin laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Foto: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Degelmintizatsiya tadbirlari prezident qarorlari ijrosini ta’minlash hamda bolalarni gelmintozlardan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari samarasini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.

2023 yil oxirigacha (oktyabr-noyabr oylarida) 2-10 yoshli bolalar uchun degelmintizatsiyaning navbatdagi bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu muolaja oldidan respublika barcha hududlarida 2023 yil sentabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘rsatma xati asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini va maktablar 1-4 sinf o‘quvchilarini gelmintozlarga laboratoriya tekshiruvlari bilan qamrab olish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan so‘ng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi o‘rganiladi.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan bunday tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatdi, ya’ni gelmintlar bilan kasallanish 3-4 martaga kamaydi, deyiladi Sanepidqo‘mita xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid