Turli manbalar marhumning oilasiga asoslanib tarqatgan ma'lumotga köra, Surat Ikromov 2021 yil fevral oyidan buyon oğir xasta bölgan. Uning ölimiga öpkaning surunkali yalliğlanişi, qandli diabet va prostata saratoni sabab bölgan.

Asli kasbi muhandis bölgan Surat Ikromov Toşkentdagi xususiy poligrafiya biznesi davlat korxonasi tomonidan olib qöyilgaç, uzoq vaqt sud idoralariga murojaat qilib kelgan. Adolat topolmagan tadbirkor avvaliga mahalliy huquq faollariga murojaat qiladi, keyinroq ulardan biriga aylanadi.

U 2002 yilda Özbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyaçilari taşabbus guruhiga asos soladi. Bu taşkilot Özbekistonda siyosiy va diniy motivlarga asoslangan köplab sud jarayonlari monitoringini ötkazdi. Öz faoliyati davomida Surat Ikromov ta'qib va tahdidlarga duçor bölgan.

Surat Ikromov tomonidan diniy-siyosiy ayblar bilan qamalganlar bilan boğliq tergov va sud jarayonlariga doir taqdim etgan ma'lumotlar xalqaro inson huquqlari taşkilotlari, BMT, AQŞ Davlat departamentining yillik hisobotlaridan örin olgan.

2003 yilda Surat Ikromov Toşkentda noma'lum şaxslar tomonidan öğirlab ketilib, qattiq döpposlanadi. Hujumni Özbekiston IIV tekşirgan, ammo hujum qilgan şaxslar topilmagan.

Yaqinlariga köra, huquq faolining janozasi 3 may kuni peşin namozidan söng uning Qorasaroy mahallasidagi xonadonida öqilgan va Minor qabristonida tuproqqa qöyilgan.