Kolumbiyada soliq islohotiga qarshi namoyishlarda 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: EPA/Vostock-photo
Kolumbiyada o‘tgan hafta boshlangan soliq islohotiga qarshi namoyishlarda 19 kishi halok bo‘ldi, 800dan ko‘proq odam jabrlandi.
Kolumbiya mudofaa vaziri Diyego Molanoning ta'kidlashicha, jabrlanganlarning yarmidan ko‘pi kuch tuzilmalari xodimlari hisoblanadi. Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab 431 kishi hibsga olingan.
Norozilik namoyishlari ortida Kolumbiyaning moliya va davlat kreditlari vaziri Alberto Karraskilya iste'foga chiqdi. Mamlakat prezidenti Ivan Duke Karraskilya o‘rniga savdo, sanoat va turizm vaziri Xose Manuel Restrepo tayinlanishini e'lon qilgan.
Mudofaa vaziri El Pais nashri bilan suhbatda namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilishini o‘zini oqlagan deb aytgan. Uning ta'kidlashicha, ba'zi joylarda «tajovuzkor odamlar» namoyishlarga qo‘shilib, «vaziyatni izdan chiqarishga uringan». Ularning ba'zilari radikal Farc va ELN guruhlari bilan bog‘langan.
Karraskilya va Restrepo muallifligidagi soliq islohoti loyihasi Kolumbiya budjetini qo‘shimcha 26 trln pesoga (6 mlrd dollardan ko‘proq) to‘ldirishni ko‘zda tutgan. Bunga QQSni kengroq qo‘llash va jismoniy shaxslardan boshqa soliq hamda yig‘imlarni undirish hisobiga erishilmoqchi bo‘lgan. Biroq islohot deyarli barcha siyosiy kuchlar tomonidan tanqid ostiga olingan va norozilik namoyishlariga olib kelgan. Shundan keyin Kolumbiya prezidenti loyihani qayta ko‘rib chiqishni buyurgan, biroq shunga qaramay namoyishlar to‘xtamayapti.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi

00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:07 / 19.03.2025