Sud işida qatnaşayotgan prokuror Sattoriyga 5 ta iş böyiça ayblov qöyilganini bildirib, unga 11 yil qamoq jazosi berişni söradi.

Prokuror sudlanuvçiga qöyilgan 8 ta ayblovdan uçtasini rad etiş, beştasi böyiça uni aybdor deb topişni söradi.

Sattoriyni aybdor deb topiş söralayotgan birinçi ayblov – uning Termizda uy-joy quriş bilan şuğullangan MÇJ rahbari Tölqin Şopölatovga bosim ötkazib, tovlamaçilik bilan 700 million sömdan oşiqqa narxlangan ikkita kvartirani olgani holati böyiça. Prokurorning bildirişiça, u aslida Termiz şahrida «snos»ga tuşgan onasi va singlisining nomida bölgan uy uçun 234 million söm yoki şunga teng bölgan mulk olişi lozim bölgan.

Ikkinçi ayblov – Denov tumani FHDYo bölimi sobiq mudirasi Nasiba Norboyevaning qadr-qimmatini yerga uradigan va obrösizlantiradigan haqoratli sözlar aytilgan videolavhani internetda tarqatganlik holati. Sattoriy öz videolavhasida Nasiba Norboyevani poraxör deb atagan. Prokurorning bildirilişiça, Nasiba Norboyevaning poraxörligi suriştiruvlarda öz isbotini topmagan.

Uçinçi ayblov – viloyat gaz idorasi xodimlariga nisbatan qilingani aytilayotgan tovlamaçilik.

Törtinçi ayblov – Şerobod tumanida joylaşgan «Çinora Gul baraka» dehqon bozori rahbari Loçin Törayevdan narxi ança arzon bölgan «Redmi 5» telefoni örniga 5 million sömdan oşiqroq bölgan «Vivo 50» telefonini tovlamaçilik yöli bilan olganlik holati.

Beşinçi ayblov – Termiz şahrida joylaşgan onkologiya markazining rahbari bilan boğliq iş. Prokurorning aytişiça, Sattoriy onkologiya rahbarining qadr-qimmatini yerga uruvçi tuhmat gaplar aytilgan videolavhani internetda tarqatgan.

Prokurorning fikriça, Otabek Sattoriy öziga qöyilayotgan ayblovlarni tan olmagani va jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplab bermagani uçun uning işida yengillaştiruvçi holatlar yöq deb hisoblanişi lozim.

Davlat ayblovçisi Jinoyat kodeksining 33-moddasi talablariga asosan, Otabek Sattoriyni JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari bilan aybdor deb topiş; 165-modda 3-qismi «a» bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş, 139-moddasi 3-bandi «a», «g» qismlari bilan 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinlaşni söradi.