Yaqinda xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengaşiga saylangan rais şu vaqtgaça boşqa partiya — Özbekiston liberal demokratik partiyasi deputati edi. Qiziq, Samarqandda endi buyoğiga XDP — ÖzLiDeP ğoyalari asosida işlaydimi? Yoki partiyaning yangi rahbari Badriddin Nasriyev qandaydir favqulodda sabab bilan ÖzLiDeP ğoyalaridan butunlay voz keçdimi? Undan ham qiziği, muqaddam XDP Samarqand viloyat kengaşida jamoaga rahbarlik qila oladigan biror rahbar kadr çiqmaganini XDP tan olib, öz rahbarligiga boşqa partiyadan yordam söradimi?
Nima bölganda ham «siyosat tarixi»da bölmagan yangilik bu. Albatta, partiya rahbariyati bu masalaga izoh berar (lekin nima deb izoh berişi kişini öylantiradi). Hozirça esa XDP Samarqand viloyat kengaşining ayrim xodimlari alam bilan sözlayotgan ba'zi jihatlarga töxtalamiz.
«Şu yil 17 mart kuni Özbekiston Liberal demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengaşining amaldagi deputati Badriddin Nasriyev mavjud qoidalarga zid ravişda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengaşi raisi lavozimiga saylandi.
Bu holat aslida XDPning ham qoidalariga zid. Özbekiston XDP Ustavining 14.1 hamda 7.8-bandlari qöpol ravişda buzildi. Ustavga köra, aslida yuqoridagi yiğilişning özi qonuniy bölişi uçun plenum a'zolarining heç bölmaganda yarmi iştirok etişi kerak edi. Ammo anjumanda 59 nafar plenum a'zolaridan faqat 27 kişi iştirok etdi.
2021 yil 17 mart kunidagi yiğiliş bayonnomasi:


Umuman, boşqa partiya vakilining bizga rahbar etib saylanişi nafaqat partiyamiz xodimlari, balki XDPga ergaşganlar uçun ham şarmandali holat böldi deb hisoblaymiz», deydi XDP Samarqand viloyat kengaşi vakillari.
Mayli, XDP vakillari qandaydir sabab bilan bunday ğalati holatga köndi ham deylik. Ammo masalaning yana bir tomoni bor. Hozirgi rahbar B.Nasriyev deputatlik saylovlarida ÖzLiDeP vakili sifatida iştirok etgan. ÖzLiDeP ğoyalarini qöllab-quvvatlagan saylovçilar işonç bildirib uni saylagan ham. Ana endi, saylovçilar özlari qöllab-quvvatlagan nomzod butunlay boşqa partiyaga rahbar bölib ötganini qanday qabul qilişi kerak? Yoki hozirgi deputatlar fikriça, saylovçilarning heç narsaga fahmi yetmaydimi? Yoki saylovçilarga buning ahamiyati yöqmi? Ehtimol, bu holatga B.Nasriyevning özi toş bosadigan biror izoh aytar.








